Eron prezidenti Hasan Ruhoniy xalqni ogohlikka chaqirdi

Ruhoniy:“Mintaqa va mamlakatimiz nozik davrni boshidan o’tkazyabdi. Ushbu murakkab kunlarda yoshlarimizni va xalqimizni ogoh bo’lishga va provokatsiyalarga bo’yin egmaslikka chaqiraman”,-dedi.

879537
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy xalqni ogohlikka chaqirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda ro’y berayotgan namoyishlarga nisbatan o’z munosabatini bildirdi.

Payshanba kuni Mashhad shahrida boshlangan namoyishlardan so’ng ilk bor xalqqa hitob qilgan Ruhoniy: “Mintaqa va mamlakatimiz nozik davrni boshidan o’tkazyabdi. Ushbu murakkab kunlarda yoshlarimizni va xalqimizni ogoh bo’lishga va provokatsiyalarga bo’yin egmaslikka chaqiraman”,-dedi.

Favqulodda vazirlar mahkamasi yig’ilishida so’zga chiqqan Ruhoniy namoyishlarga chiqish, tanqid qilish eronliklarning konstitutsiyaviy huquqi ekanligini ma’lum qildi.

“Tanqid va e’tiroz bildirish shunday bo’lishi kerakki, buning natijasida mamlakat va xalqning ahvoli yaxshilanishi kerak”,-dedi Eron prezidenti.

Xalqning iqtisodiy muammolarining ba’zilari o’tmishga, ba’zilari esa bugungi kundagi muammolar ekanligini tilga olgan Ruhoniy ommaviy namoyishlar mamlakatga zarar bermasligi kerakligini ta’kidladi.

“Mamlakatimizni dushmanlarga manfaat olib keladigan ahvolga tushirmasligimiz kerak. Mintaqa va davlatimiz nozik davrni boshidan o’tkazyabdi. Mana bunday murakkab davrda yoshlarimizni va butun xalqimizni ogohlikka chaqiraman”,-dedi Eron prezidenti.

“Davlat va xalq bir-biriga yordam berishi kerak. Xalqning tanqidi faqatgina iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli emas. Qonunbuzarlik va shaffoflik muammosi ham xalqning tanqidiga uchragan mavzulardir. Hukumat ishsizlikni kamaytirish uchun yana ham ko’proq ish o’rinlarini yaratishi kerak va bunga doir sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xalqning moddiy ahvoli 5-6 yildan beri yaxshilanmadi”,-deya so’zlariga qo’shimcha qildi Hasan Ruhoniy.

Havoning ifloslanishi, ishsizlik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarning mavjudligiga e’tibor qaratgan Ruhoniy: “Qonunbuzarlikka qarshi kurashishimiz kerak va xalq faoliyatlarimizni nazorat qilib turishi kerak. Muammolar hal bo’lishi kerak, lekin bu yo’l bilan emas”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hasan Ruhoniy , #namoyish , #Mashhad

Aloqador xabarlar