Eron xalqining norozichilik namoyishlari davom etmoqda

Eron xalqi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yuzasidan norozichilik namoyishi uyushtirar ekan oqibatida 2 kishi jon berdi.

879282
Eron xalqining norozichilik namoyishlari davom etmoqda

Eron xalqi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yuzasidan norozichilik namoyishi uyushtirar ekan oqibatida 2 kishi jon berdi.  

Mamlakatda roppa-rosa 4 kundan beri davom etgan namoyishlarning yurtning 13 shahrida yoyilganligi qayd etilmoqda.

Namoyishchilar ko’chalarga chiqib, hukumatning iqtisodiy siyosatlariga qarshi norozichilik bildirdimoqda.

Shu doirada namoyishchilar yarim kechasigacha o’z namoyishlarini davom ettirar ekan, bank va davlat binolariga qarshi hujum qildilar.

Oqibatida Eron politsiyasi namoyishchilarga monelik qilishga harakat qilar ekan ko’pchilik nazorat ostiga olindi. Ba’zi shaharlarda politsiya xodimlari bilan namoyishchilar o’rtasida muammo yuz berdi.

Norozichilik namoyishlari chog’ida mamlakatning Dorud shahrida 2 kishi jon berar ekan shahar hokimi shu haqida bayonot berdi. Bayonotda shahar hokimi xavfsizlik xodimlarining namoyishchilarga qarshi o’q uzmaganligini ta’kidladi.

Jon berganlar borasida chet ellik ommaviy axborot vositalari ayblandi.

Mamlakatda hukumat tarafdorlari namoyishchilarga e’tiroz bildirdi.

Aytib o’tish joizki ayni vaqtda kecha Eronda 2009-yili yuz bergan voqealarning bostirilishining 8 yilligi nishonlandi.

Rejimga qarashli minglab Eron fuqarosi diniy lider Ali Hamaneyni qo’llab-quvvatlagan shiorlar bilan chiqish qildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar