Erdo'g'an, AQSh va Isroilni Al-Quds mavzusida ogohlantirdi

Prezident Erdo'g'an, Amerika qo'shma shtatlari va Isroilni Al-Quds mavzusida ogohlantirdi.

878716
Erdo'g'an, AQSh va Isroilni Al-Quds mavzusida ogohlantirdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an, Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) va Isroilni Al-Quds mavzusida ogohlantirdi.

AQShning Chikago shahrida davom etayotgan 16. Musulmon Amerikan Jamiyati (MAS) va Shimoliy Amerika Islom Jamoati (ICNA) kongressida vedeo bayonot bergan Erdo'g'an, "Amerikan va Isroil boshqaruvini taranglikni orttiradigan kirishuvlardan bosh tortishga chaqiramiz" dedi.

AQSh prezidenti Donald Trumpning Al-Qudsni Isroilning poytaxti deb e'lon qilish qaroriga qarshi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xavfsizlik kengashining 14 a'zosi bilan birga Umumiy Kengashda 128 o'lkaning Turkiya boshchilik qilgan qarorni dastaklaganini eslatgan Erdo'g'an, "Al-Quds masasidagi zafarimiz bizga birga harakat qilishning namunasi bo'ldi" deb ifoda etdi.

Erdo'g'an, "Birlik va barobarlikning zafaridir. Bu hech bir shaklda sotib olinmaydigan qadriyat bo'lganini dunyoga ko'z-ko'z qilgandir" deb muloqot bildirdi.

AQShning, BMT umumiy kengashida Ql-Quds mavzusida avvalo a'zo davlatlarga ko'rsatilgan bosim va tahdirlarda qarshi chiqganliklariga diqqat qaratgan Erdo'g'an, 128 davlatning Al-Qudsning tarixiy statuyasi va muqqadasligini muhofaza etganini ta'kidladi.

Al-Quds mavzusida hammaning o'rganadigan bir sabog'i bo'lganini ifoda etgan davlat rahbari, "Amerikan va Isroil boshqaruvlarini vaziyatni taranglashtiradigan kirishuvdan uzoq turishga chaqiraman. Chunki Al-Quds bizlar uchun aziz bir shahar. Al-Quds musulmonlarning "ko'z qorachig'i, nomusi, nozuk nuqtasidir" dedi.

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IIT) davr rahbari sifatida Al-Quds bilan aloqali kurashining davom etishini tushuntirgan Erdo'g'an, buning Musulmonlar uchun uyg'onish vasila bo'lishini tiladi.



Aloqador xabarlar