Njamenada AQSh elchixonasi o’rin olgan ko’chaning nomi “Istanbul” ko’chasi deb o’zgartirildi

Chad poytaxti Njamenada, Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasi o’rin olgan ko’chaga “Istanbul” nomi berildi.

878212

Mamlakatning eng gavjum ko’chalaridan biri hisoblangan, ayni vaqtda shahar hokimiyati bilan AQSh elchixonasi ham o’rin olgan “Davlat” nomidagi ko’cha Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Chadga bo’lgan davlat tashrifi va Istanbul-Njamena “qardosh shahar” loyihasining ramzi sifatida “Istanbul” deb o’zgartirildi.  

Shahar hokimi Meryem Djimet Ebet Njamena bilan Istanbulning qardosh shahar ekanligini va bu munosabatni yana-da mustahkamlash niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Yangi nomi “Istanbul” deb atalgan ko’cha Usmoniy davlatining mintaqada hukm surgan yillarga borib taqalgan va “Abesheler” degan nom bilan mashhur bo’lgan chadlik turklar yashagan qishloqlarga yetaklovchi yo’l ustida o’rin olgan.

Aloqador xabarlar