AQShning Nyu-York shahrida sodir bo'lgan yong'inda 12 kishi halok bo'ldi

Bu haqda Nyu-York o’t o’chiruvchilar departamenti xabar bermoqda.

878101
AQShning Nyu-York shahrida sodir bo'lgan yong'inda 12 kishi halok bo'ldi

AQShning Nyu-York shahrida joylashgan Bronx hududidagi turar joy binosida yong'in sodir bo’ldi.

Yong’in oqibatida 12 kishi halok bo'ldi, 15 kishi yaralandi.

Bu haqda Nyu-York o’t o’chiruvchilar departamenti xabar bermoqda.

Xabarga ko’ra, Bronx hayvonot bog’i yaqinida joylashgan 5 qavatli binoga o’t ketgan.

Yong'inni o'chirishda 170 ta o't o'chiruvchi ishtirok etgan.

Nyu-York meri Bill de Blasio voqea joyida tekshiruv olib bordi.

U hodisani Nyu-Yorkda sodir bo’lgan eng og’ir tragediya deb baholadi.

Guvohlarning ta’kidlashlaricha, qurbonlar orasida bir yashar bola ham bor.

Voqea joyiga taxminan 170 ta o’t o’chiruvchi va ko’plab tez yordam xodimlari yetib kelgan.

Yong’in ko’p o’tmay o’chirilgan.

Yong’inning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Nyu-York , #yong'in

Aloqador xabarlar