Afg’onistonning Samangan viloyatidagi ko'mir konida ko'chki sodir bo'ldi

Ko’chki paytida konda mehnat qilayotgan 10 ishchidan 4 nafari tirik qolgan, 5 nafarining jasadi topilgan. Konda qolib ketgan bir ishchi esa qidirilmoqda.

876623
Afg’onistonning Samangan viloyatidagi ko'mir konida ko'chki sodir bo'ldi

Afg’oniston shimolida joylashgan Samangan viloyatidagi ko’mir konida ko’chki sodir bo’ldi.

Ko’chki oqibatida ishchilardan 5 nafari halok bo’ldi.

Bu haqda Samangan hokimiyati kotibi Siddiq Aziziy ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, fojia Samangan viloyatiga qarashli Dere-i Suf Bala tumanidagi Dehene-i Tura ko’mir konida ro’y bergan.

Ko’chki paytida konda mehnat qilayotgan 10 ishchidan 4 nafari tirik qolgan, 5 nafarining jasadi topilgan.

Konda qolib ketgan bir ishchi esa qidirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, viloyatdagi ko’mir konlarining aksariyati noqonuniy ravishda faoliyat yuritmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Samangan , #ko'mir koni , #ko'chki

Aloqador xabarlar