Shvetsiyadagi “Saffli” nomidagi jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi

Shvetsiyaning janubidagi Saffli shahridagi Islom madaniyat markaziga qarashli “Saffli” nomidagi jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi.

875730
Shvetsiyadagi “Saffli” nomidagi jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi

Shvetsiyaning janubidagi Saffli shahridagi Islom madaniyat markaziga qarashli “Saffli” nomidagi jome’ masjidiga qarshi, kim ekanligi hali hanuz noma’lum bo’lgan shaxs yoki shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi.

Hujumda “Saffle” jome’ masjidining deraza oynalari sinib ketar ekan, derazadan ichkariga otilgan portlaguvchi moddalar ham devorlarga ziyon yetkazdi.

Islom Madaniyat markazi rahbari Abdihekim Adan, voqeani “dahshatli hujum” deb baholadi.

Markaz rahbari hujumda jome’ masjid derazalarining singanligini, derazadan ichkariga otilgan portlaguvchi moddalar kuchi bilan devorlarning ham ilma-teshik bo’lganligini ifoda etdi.

Ma’lum qilinishicha jome’ masjidiga bir kunda o’rtacha 100 kishi kelib, namoz o’qidi.

Politsiya xodimlari dastlabki tergov ishlarini tamomlar ekan, voqeaning nafrat jinoyati bo’lish ehtimoli borligini qayd etmoqda.



Aloqador xabarlar