Isroilda o'lim jazosi joriy etilishi mumkin...

Isroilda falastinliklarga o’lim jazosini joriy etish to’g’risidagi qonun taklifi chorshanba kuni Isroil parlamenti Knessetda ovozga qo’yiladi.

875831
Isroilda o'lim jazosi joriy etilishi mumkin...

Isroilda falastinliklarga o’lim jazosini joriy etish to’g’risidagi qonun taklifi chorshanba kuni Isroil parlamenti Knessetda ovozga qo’yiladi.

Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman televideniyeda bayonot berdi.

Libermanning aytishicha, Isroil ob’yektlariga qarshi hujum qilgan falastinliklarning o’lim jazosiga tortilishini nazarda tutgan qonun taklifi chorshanba kuni ovozga qo’yiladi.

“Bunday qonun AQShda ham mavjud. Shu sababli, Isroil ham dunyodagi eng kuchli demokratik sistemani andoza qilib olishga tayyor”,-dedi Avigdor Liberman.

Avigdor Liberman: “Hibsga olingan har bir terrorist asir almashtirish maqsadida tinch aholini va askarlarni o’g’irlashga jalb etilmoqda”,-dedi.

Qonun taklifi parlamentda 3-marta ovozga qo'yilgach qabul qilinishi zarur.

Hozirda o’lim jazosi bo’lmagan Isroilda og'ir jinoyat sodir qilgan aybdorlarga yuz yildan ko’proq qamoq jazosi berilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #o'lim jazosi , #Knesset , #Falastin , #parlament

Aloqador xabarlar