Filippinda ikki avtobusning to'qnashib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo'ldi

Bosh komissar Romulo Sapitula ma’lum qilishicha, halok bo'lganlarning barchasi katta bir oilaning a’zolari bo'lishgan.

875075
Filippinda ikki avtobusning to'qnashib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo'ldi

Filippinda ikki avtobusning to'qnashib ketishi oqibatida taxminan 20 kishi halok bo'ldi.

Bosh komissar Romulo Sapitula ma’lum qilishicha, hodisa poytaxt Maniladan 125 kilometrlik masofada joylashgan Agu shahrida ro'y bergan.

Uning aytishicha, halok bo'lganlarning barchasi katta bir oilaning a’zolari bo'lishgan.

Ular Rojdestvo bayramiga qatnashish uchun Pangasinan shahridagi Katolik cherkoviga ketishayotgan bo'lgan.

Avtobuslardan birida 10 kishi, keyingisida esa 18 kishi bo’lib, jami 28 kishi jarohatlangan.


Tanlangan kalimalar: #Filippin , #halokat , #avtobus to'qnashuvi

Aloqador xabarlar