Yamanda ayollar Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini qoraladi

“Arablarning o’zaro ichki urush va shaxsiy nizolar bilan o’ralashib qolganini ko’rgan Isroil fursatdan foydalanib, Al-Qudsni o’z poytaxtiga aylantirmoqchi bo’ldi...",-dedi Delal Ali ismli namoyishchi.

874587
Yamanda ayollar Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini qoraladi

Yamanning Marib shahrida ayollar AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini qoraladi.

Marib shahriga qarashli Al-Vadi tumanidagi “Badr al-Kubra” maktabida mexnat qilayotgan ayol o’qituvchilar tomonidan o’tkazilgan namoyishda Isroil qoralandi.

Namoyishda Al-Qudsning musulmonlar uchun qanchalik muqaddas ekanligi haqida turli ma’ruzalar qilindi.

“Arablarning o’zaro ichki urush va shaxsiy nizolar bilan o’ralashib qolganini ko’rgan Isroil fursatdan foydalanib, Al-Qudsni o’z poytaxtiga aylantirmoqchi bo’ldi. Afsuski, arab va musulmon hukmdorlar Al-Qudsdagi vaziyatdan xavotirda ekanini aytish va tanqid qilishdan nariga o’tmadi. Al-Quds nafaqat arablarniki, balki dunyodagi barcha musulmonlarnikidir. Qolaversa, Falastinning poytaxtidir”,- dedi Delal Ali ismli namoyishchi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Yaman , #namoyish , #AQSh , #Al-Quds , #Falastin

Aloqador xabarlar