Isroil askarlari Quddusni qo’llab-quvvatlagan namoyishlarga aralashdi

Isroil askarlarining Quddusni qo’llab-quvvatlagan namoyishlarga aralashishi 2 nafar Falastin fuqarosining umriga zomin bo’ldi.

874224
Isroil askarlari Quddusni qo’llab-quvvatlagan namoyishlarga aralashdi

Isroil askarlarining Quddusni qo’llab-quvvatlagan namoyishlarga aralashishi 2 nafar Falastin fuqarosining umriga zomin bo’ldi.

Isroil askarlari G’azo va G’arbiy Sheriada Amerika Qo’shma Shtatlarining Quddusni “Isroilning poytaxti” deb e’lon qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish uchun uyushtirilgan namoyishlarga aralashdi. Oqibatida 2 nafar Falastin fuqarosi jon berar ekan, 141 kishi tan jarohati oldi. Tan jarohati olganlardan 3 nafarining ahvoli og’ir.

G’azo chegarasida Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida yuz bergan voqealarni kuzatgan Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi muxbiri Mustafa Hassune ham oyog’idan jarohat oldi.  

Yengil tan jarohati olgan Hassune, kasalxonada davolanib chiqdi.

Aytib o’tish joizki Isroil askarlari Ramallah va al-Bire shaharlarining kiraverishida yuz bergan voqealarda 1 nafar Falastin fuqarosini nazorat ostiga oldi.

 



Aloqador xabarlar