Xitoy:“AQSh Xitoyning kuchini tan olishga majbur..."

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi xavfsizlik strategiyasini e’lon qilib, Rossiya va Xitoyni AQSh qadriyatlariga ko’z tikkan raqiblar deb tan oldi.

871639
Xitoy:“AQSh Xitoyning kuchini tan olishga majbur..."

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi xavfsizlik strategiyasini e’lon qilib, Rossiya va Xitoyni AQSh qadriyatlariga ko’z tikkan raqiblar deb tan oldi.

Bunga Xitoy hukumati o’z munosabatini bildirdi.

“AQSh Xitoyning kuchini qabul qilishga majbur”,-dedi Xitoy hukumati.

Aytish joizki, Tramp kecha 55 sahifalik yangi milliy xavfsizlik strategiyasini e’lon qildi.

Hujjatda Pekinning mintaqada rivojlanayotganligiga e’tibor qaratib, Xitoyni texnologiya o’g’irlaganlikda aybladi.

Qolaversa, ushbu xavfsizlik strategiyasida xitoyliklar uchun vizani cheklash va bozor embargosi haqida bahs yuritilgan.

Xitoy kommunist partiyasining matbuot organi The Global Timesning yozishicha, bu hujjat AQShning Xitoyning kuchini qabul qilishga xohishsiz ekanini ko’rsatadi.

“Xitoyning kattaligi va kuchini e’tiborga oladigan bo’lsak, AQShning Xitoyni jilovlashi imkonsizdir. Vashingtonning xavotiriga sabab Xitoyning qanday bo’lmasin rivojlanayotgani va aholisining tarqalib borishda davom etayotganidir”,- deb yozdi The Global Times.

Xitoyning AQShdagi elchixonasi AQSh hukumatini eski sarqitga aylangan tushunchalardan forig’ bo’lishga chaqirdi.

“AQSh bundan buyon Xitoyning kuchini va taraqqiyotini e’tirof etib, o’zini bunga tayyorlashi kerak”,- deb bayonot berdi Xitoyning AQShdagi elchixonasi.

 

 



Aloqador xabarlar