BMT Xavfsizlik kengashi Al-Quds bilan bog’liq qaror taklifini muhokama qiladi

AQShning Al-Quds qaroridan so’ng, tig’iz diplomatik tashabbusga boshchilik qilayotgan Turkiya bu jarayonda muhim ro’l o’ynamoqda.

870346
BMT Xavfsizlik kengashi Al-Quds bilan bog’liq qaror taklifini muhokama qiladi

 

BMT Xavfsizlik kengashi Turkiyaning talabiga binoan Al-Quds bilan bog’liq qaror taklifini muhokama qiladi.

AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarori BMT qarorlariga to’g’ri kelmaganligi sababli huquqiy jihatdan yaroqsiz deb topilishini nazarda tutgan taklif Turkiyaning tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik kengashiga havola qilinadi.

Qaror taklifi hozirda BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo bo’lgan Misr tomonidan taqdim etiladi, lekin taklifning egasi Falastin bo’lib hisoblanadi.

AQShning Al-Quds qaroridan so’ng, tig’iz diplomatik tashabbusga boshchilik qilayotgan Turkiya bu jarayonda muhim ro’l o’ynamoqda.

Qaror taklifida Al-Quds bilan bog’liq bugungacha bo’lgan BMT qarorlariga e’tibor qaratilib, Al-Qudsning maqomi bir tomonlama emas, balki Falastin va Isroil o’rtasidagi tinchlik muzokaralari natijasida belgilanishi qayd etildi.

Taklifda Al-Qudsning maqomini yoki demografik tuzilishini o’zgartiradigan bir tomonlama tashabbuslar huquqiy asosga tayanmaganligi uchun yaroqsiz deb topilishi kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, hech bir davlat o’z elchixonasini Al-Qudsga ko’chirmasligi kerakligi ma’lum qilindi.

AQSh ushbu taklifni BMT Xavfsizlik kengashida veto qilishi mumkin, shunday bo’lgan taqdirda bu holat BMT Umumiy kengashida muhokama qilinadi va ovozga qo’yiladi.

Eslatib o’tish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabr kuni Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilgandi. Natijada butun dunyoda bu qarorga e’tiroz bildirish maqsadida namoyishlar boshlangan edi.

Al-Quds maqomi Falastin-Isroil ixtilofidagi eng muhim muammolardan biri bo'lib, Isroil 1967 yilgi urushda shaharning sharqiy qismini ishg’ol qilgan.

Isroil 1980 yilda shaharning sharqini bir tomonlama poytaxt e’lon qilgan. BMT Xavfsizlik kengashi 1980 yilda qabul qilgan 478-sonli qarori bilan Isroilning poytaxt e’lon qilish to’g’risidagi qarorini yaroqsiz deb topdi.

Falastinliklar bu hududni o'z davlati poytaxti deb hisoblaydi. BMT va jahon hamjamiyati (shu kungacha AQSh ham) Sharqiy Qudsni anneksiya qilingan hudud, deb hisoblaydi hamda bu masala shaharning sharqiy qismiga da`vo qiluvchi falastinliklar bilan birga hal qilinishi kerakligini ta’kidlaydi. Shaharning statusi noaniqligi tufayli boshqa davlatlarning elchixonalari Al-Qudsda emas, Tel-Avivda joylashgan. 


Tanlangan kalimalar: #Al-Quds , #Falastin , #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar