Arab Ittifoqi arab vazirlar qo’mitasini tashkil qilmoqchi...

Bayonotga ko’ra, arab vazirlar qo’mitasi Iordaniya, Falastin, Misr, Saudiya Arabistoni, Marokko, BAA tashqi ishlar vazirlari va Arab Ittifoqi bosh kotibidan tashkil topadi.

870473
Arab Ittifoqi arab vazirlar qo’mitasini tashkil qilmoqchi...

Arab Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qaroriga qarshi kurash maqsadida arab vazirlar qo’mitasini tashkil qilmoqchi.

Bu haqda Arab Ittifoqi yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, arab vazirlar qo’mitasi Iordaniya, Falastin, Misr, Saudiya Arabistoni, Marokko, BAA tashqi ishlar vazirlari va Arab Ittifoqi bosh kotibidan tashkil topadi.

Arab vazirlar qo’mitasi AQSh prezidenti Donald Trampning qaroridan kelib chiqqan salbiy holatlar va uning ta’sirlariga qarshi kurashda diplomatiya va media orqali tashabbus olib borish vazifasini zimmasiga oladi.

Eslatma: 9 dekabr kuni Falastin va Iordaniyaning taklifiga binoan bo’lib o’tgan Arab Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari sammitida Arab tinchlik tashabbusi komiteti zimmasiga Al-Quds qaroridan kelib chiqadigan siyosiy natijalarni oldini olish uchun jahon hamjamiyati va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladigan qo’mita tashkil qilish vazifasi yuklatilgandi.

 



Aloqador xabarlar