Qatar muloqot yo’li bilan ko’rfaz inqirozini bartaraf etishga tayyor...

Bu haqda Qatar bosh vaziri va ichki ishlar vaziri Shayh Abdulloh Bin Nosir Bin Halifa Al Sani ma’lum qildi.

869889
Qatar muloqot yo’li bilan ko’rfaz inqirozini bartaraf etishga tayyor...

Qatar muloqot yo’li bilan ko’rfaz inqirozini bartaraf etishga tayyor.

Bu haqda Qatar bosh vaziri va ichki ishlar vaziri Shayh Abdulloh Bin Nosir Bin Halifa Al Sani ma’lum qildi.

18 dekabr kuni Qatar milliy kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so’zga chiqqan Al Sani Qatarning ichki ishlariga aralashishlariga aslo yo’l qo’ymasligini ta’kidladi.

Al Sani Qatarga qo’yilgan ayblovlarni, jumladan terrorizmni qo’llab quvvatlaganligi haqidagi iddaolarni qabul qilmadi.

U qamal qilgan davlatlarni Qatarni qisuvga olganlikda aybladi.

Qatarning milliy kunini qamal ostida o’tkazishga majbur bo’lganini tilga olgan Al Sani: “Bu qamal Qatarni o’z qadriyatlaridan va mustaqillikdan voz kechirishni maqsad qiladi”,-dedi.

Bunga yo’l qo’ymasligini ta’kidlagan Al Sani Qatarni qamal qilgan davlatlarning qora niyati fosh bo’lganini tilga oldi.

“Inqiroz boshlangandan beri munosabatimiz o’zgarmadi. Mustaqilligimizga qo’l tekkizishlariga va ichki ishlarimizga aralashishlariga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi Al Sani.

Uning fikricha, Qatar inqiroz davridan muvaffaqiyatli chiqishni uddaladi.

 



Aloqador xabarlar