Indoneziyada Donald Trampning Al-Quds qarori qoralandi

Indoneziyaning poytaxti Jakartadagi Monas maydonida to'plangan namoyishchilar Al-Qudsni Falastin poytaxti deb tan olish qarorini qo’llab quvvatladi.

869922
Indoneziyada Donald Trampning Al-Quds qarori qoralandi

Indoneziyaning poytaxti Jakartada AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarori tanqid qilindi.

Indoneziya ulamo majlisi tomonidan tashkil qilingan namoyish mamlakat ramziga aylangan Monas maydonida o’tkazildi.

Namoyishga o’n mingdan ortiq kishi qatnashdi.

Namoyishchilarning qo’lida Falastin bayroqlarini kuzatish mumkin.

Ular “Al-Quds musulmonlarniki”, “Falastin xalqini qo’llab quvvatlaymiz” va “Mustaqil Falastin” degan shiorlar bilan chiqdi.

Namoyishda AQSh va Isroil qoralandi.

Namoyishda so’zga chiqqan Indoneziya ulamo majlisi raisi Ma’ruf Omin AQSh tovarlarini boykot qilish to’g’risida taklif kiritdi.

“Musulmonlar har qanday sharoitda ham Falastinni himoya qilishi kerak va Al-Qudsni Falastin poytaxti deb tan olish qarorini qo’llab quvvatlashi kerak”,-dedi Ma’ruf Omin.

Din ishlari boshqarmasi rahbari Luqmon Hakim Sayfuddin ham Indoneziya hukumati doimo mustaqil Falastinni qo’llab quvvatlashini ma’lum qildi.

Namoyishlarga ko’plab nodavlat tashkilotlar va turli jamiyatlardan vakillar hissa qo’shdi.

Politsiya namoyishlarni qattiq nazorat qilib bordi.

 

 



Aloqador xabarlar