Turkiya Afg'onistonni ta'lim mavzusida qo'llab-quvvatlashga davom etadi

TIKA, Afg'onistonning shimoldagi viloyatlaridan Faryabin Kurgan tumanida maktab qurdi.

868940
Turkiya Afg'onistonni ta'lim mavzusida qo'llab-quvvatlashga davom etadi

Turkiya Afg'onistonni ta'lim mavzusida qo'llab-quvvatlashga davom etadi.

Turk Hamkorlik va Kordinatsiya Tashkiloti (TIKA), Afg'onistonning shimoldagi viloyatlaridan Faryabin Kurgan tumanida maktab qurdi.

Maktabning ochilish marosimiga Faryab hokimiyat o'rinbosari Abdul Mukim Rasih, viloyat ta'lim mudiri Muhammed Yasin Arslan, Turkiyaning Mozori Sharif bosh konsulligi Mustafa Erdeviden, TIKAning Mozori Sharif Koordinatori Zeki Bulduk, Koordinator o'rinbosari Savash Gunduz, shahar hokimlari, tuman sho'ro vakillari, oqsoqollar va talabalar ishtirok etdi.

Marosim ochilishida so'zlagan hokimiyat rahbari o'rinbosari Rasih, Turkiya bilan Afg'oniston o'rtasidagi dostlik rishtalarining abadiy va azaliy bo'lganini izohladi.

Turkiyaning, bu dostlik rishtalariga ko'ra Afg'onistonning har tomonida yordam faoliyatlari olib borganini ifoda etgan Rasih, asosan ta'lim sohasidagi yordamlarning ahamiyatiga diqat qaratdi.

Har doim Afg'on xalqini qo'llab-quvvatlagalagan va mazlumlarni tashlab qo'ymagan Turkiya Resublikasi Prezidenti Rejep Tayyib Erdo'g'an va Turk xalqiga minnatdorchilik bildirgan Rasih, "Faryobda hanuz ko'p maktablarda binolar mavjud, TIKA bu matkablar orqali hududdagi muammolarni bartaraf qilgandir" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar