Xitoy islom davlatlarning Al-Quds bilan bog'liq qaroriga hurmat ko'rsatadi

Xitoy Al-Quds masalasini hal qilishda BMT qarorlariga va jahon hamjamiyatining fikriga qo’shiladi.

868535
Xitoy islom davlatlarning Al-Quds bilan bog'liq qaroriga hurmat ko'rsatadi

Xitoy Al-Qudsni Falastin poytaxti deb tan olish to’g’risidagi qarorga hurmat ko’rsatmoqda.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi kotibi Lu Kang bu haqda Pekindagi favqulodda matbuot anjumanida ta’kidlab o’tdi.

U Islom Hamkorlik Tashkilotining Al-Quds masalasida jahon hamjamiyatiga qilgan chaqirig’iga javoban, “Islom davlatlarining Al-Quds bilan bog’liq xavotirlarini tushunib turibman”,-dedi.

Uning aytishicha, Xitoy Al-Quds masalasini hal qilishda BMT qarorlariga va jahon hamjamiyatining fikriga qo’shiladi.

“1967 yilda belgilangan chegaralarga ko’ra, poytaxti Al-Quds bo’lgan mustaqil Falastin davlatini qo’llab quvvatlaymiz”,-dedi Lu Kang.

Isroil va Falastin o’rtasidagi muzokaralarning darhol yo’lga qo’yilishidan umidvorligini tilga olgan Lu Kang: “Falastin masalasi haqqoniy ravishda hal bo’ladi degan umiddamiz”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar