Somaliyada terror hujumi natijasida 17 kishi qurbon bo'ldi

Somaliyaning poytaxti Mogadishuda uyushtirilgan terror hujumi natijasida 17 kishi qurbon bo'ldi.

868687
Somaliyada terror hujumi natijasida 17 kishi qurbon bo'ldi

Esh Shabob terror tashkiloti, Somaliyaning poytaxti Mogadishuda uyushtirgan terror hujumi natijasida 17 kishi qurbon bo'ldi.

Mogadishu politsiyasining General Mahmud Aden matbuot anjumanida so'zlagan nutqida, Politsiya Ta'lim Markazida uyushtirilgan xudkushlik hujumi natijasida 20 kishining esa tan jarohati olgani bildirildi.

Hujumning, politsiya uyushmasining tashkil topishining 20- yilligida harbiy marosim tartiblangan paytda sodir etilgani bildirilgan edi.

Esh-Shabob tashkilotiga yaqin "Somali Mimu" internet sahifasi hujumning tashkilot tomonidan sodir etilganini bildirdi.

Esh-Shabob, 2004 yildan beri Somaliyada terror hujumlari sodir etmoqda.

Somaliyada terror tashkiloti Esh-Shabobga qarshi kurash olib borish mavzusida hukumat kuchlari qo'llab-quvvatlagan va 2017 yildan beri o'lka bo'ylab faoliyat olib borgan Afrika Ittifoqi Somaliya Missiyasi (AMISOM) tarkibida deyarli 22 ming askar xizmat qilmoqda.



Aloqador xabarlar