AQSh Shimoliy Koreya bilan to’g’ridan-to’g’ri muzokara o’tkazishga tayyor

Vashingtonda o’tkazilgan Atlantika hamkorlik kengashi Koreya jamg’armasi forumida nutq so’zlagan Tillerson, muzokaralarni boshlatish va bir yo’l xaritasi belgilab olish uchun Shimoliy Koreya bilan muzokara o’tkazmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

867345
AQSh Shimoliy Koreya bilan to’g’ridan-to’g’ri muzokara o’tkazishga tayyor

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson Shimoliy Koreya bilan to’g’ridan-to’g’ri, o’rtaga hech qanday shart qo’ymay masalani muhokama qilishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.  

Vashingtonda o’tkazilgan Atlantika hamkorlik kengashi Koreya jamg’armasi forumida nutq so’zlagan Tillerson, muzokaralarni boshlatish va bir yo’l xaritasi belgilab olish uchun Shimoliy Koreya bilan muzokara o’tkazmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya xohlagan vaqtda uchrashuvga tayyor ekanliklarini bildirgan Tillerson, birinchi uchrashuv uchun hech qanday shart talab qilmaganliklarini, shu yo’l orqali muzokaralar uchun bir yo’l xaritasi belgilab olishlari mumkinligini yetkazib,

“Faqatgina ‘qo’lingdagi ishni tashlasang sen bilan uchrashuv o’tkazishga tayyormiz’ deb uchrashuvga taklif qilishlik haqiqatdan iroq” degan Tillerson, diplomatik say harakatlar natija bermagudek bo’lsa unda harbiy kuchlarga murojaat qilishga to’g’ri kelajagini bildirdi.

Tillerson to’g’ridan-to’g’ri, o’rtaga hech qanday shart qo’ymay uchrashuvga taklif qilishlik Shimoliy Koreyaga “harakat erkinligi berish” degan ma’noni anglatmasligini ta’kidlagan holda,

“Agar muzokara ortasida yangi jihozni sinash haqida qaror qabul qilgudek bo’lsangiz unda muzokarani takror davom ettirish murakkablashadi, agar o’tirib masalani muhokama qilgudek bo’lsak unda ular ham tinchlikning shart ekanligini tushunib yetadi degan fikrdaman” deya gapirdi.

Aytib o’tish joizki AQSh boshqaruvi bugungacha Shimoliy Koreya bilan muzokaralarning boshlatilishi uchun yadroviy dasturni keyingiga qoldirilishi haqida o’rtaga shart qo’ygan edi.

Tillersonning oxirgi bayonoti, “AQSh Shimoliy Koreya siyosatiga o’zgartirish kiritishi mumkin” deya baholadindi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson joriy yilning avgust oyida bergan bayonotida, “Shimoliy Koreyaning yadroviy qurollarini muhofaza qilajagini nazarda tutgan holda muloqat samarali o’tmaydi degan fikrdamiz” deb, ikkala mamlakat o’rtasidagi muzokaralar uchun o’z darvozalarini yopib qo’ygan edi.



Aloqador xabarlar