AQSh prezidenti Donald Tramp 692.1 mlrd dollarlik Pentagon byudjyetini imzoladi

Pentagonning bazaviy byudjyeti 626.4 mlrd dollarni tashkil qiladi, yana 65.7 mlrd dollar AQShning xorijdagi operatsiyalarini qo'llab-quvvatlashga sarflanadi.

867187
AQSh prezidenti Donald Tramp 692.1 mlrd dollarlik Pentagon byudjyetini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning 2018 yil uchun 692.1 mlrd dollarlik Pentagon byudjyetini imzoladi.

Tramp parlament va senatoda qabul qilingan Pentagon byudjyetini Oq Uyda o’tkazilgan marosimda imzoladi.

Marosimga prezident o’rinbosari Mike Pence, mudofaa vaziri Jim Mattis, harbiy bosh shtab raisi general Joseph Dunford va qonunning homiylaridan parlamentning qurolli xizmatlar bo’yicha qo’mitasi raisi Mac Thornberry ishtirok etdi.

Mazkur qonun asosida Pentagon uchun jami 692.1 mlrd dollar fond ajratish ko’zda tutilgan.

Pentagonning bazaviy byudjyeti 626.4 mlrd dollarni tashkil qiladi, yana 65.7 mlrd dollar AQShning xorijdagi operatsiyalarini qo'llab-quvvatlashga sarflanadi. 

Shuningdek, qonun asosida harbiylarning oylik ish haqlari 2.4% oshiriladi, askar soni esa 20 mingga chiqarilishi rejalanmoqda.

AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimiga 4,4 mlrd dollar, atom qurol faoliyatlari uchun esa, 10.37 mlrd dollar sarflaydi.

Afg’onistondagi operatsiyalarga ajratilgan byudjyet asosida samolyot, kema va boshqa harbiy vositalar sonini oshirish nazarda tutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar