Suriyalik muxolifat guruh Putinning buyrug’ini xursandchilik bilan qarshi oldi

Suriyalik muxolifat guruhdan tashkil topgan Muzokara Oliy qo’mitasi voizlaridan biri Yahyo Aridiy, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning rus harbiylarining Suriyani tark etishi haqidagi buyurug’iga to’xtaldi.

866379
Suriyalik muxolifat guruh Putinning buyrug’ini xursandchilik bilan qarshi oldi

Suriyalik muxolifat guruhdan tashkil topgan Muzokara Oliy qo’mitasi voizlaridan biri Yahyo Aridiy, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning rus harbiylarining Suriyani tark etishi haqidagi buyrug’iga to’xtalar ekan Aridiy bu borada, Suriyada tinchlik o’rnatadigan har qanday faoliyatni xursandchilik bilan kutib olishlarini qayd etdi.

Yahyo Aridiy, Jenevadagi navbatdagi Suriya muzokarasi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan tashkilotning Jenevadagi ofisida o’tkaziladigan uchrashuv oldidan jurnalistlarga mavzu haqida bayonotlar berdi.

Sharqiy Gutadagi Bashar al-Asad rejimining qurshoviga to’xtalgan Aridiy, poytaxt Damashqdan 10 kilometrlik uzoqlikda jon saqlagan bolalarga tezlik bilan gumanitar yordam yetkazib berilishi kerakligini ta’kidladi.

Aridiy shuningdek,

“Sharqiy Guta xalqi bu qurshov orqali nohaqlikga duch keldi” deya gapirdi.

Rossiyalik bir jurnalistning Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning rus harbiylariga Suriyani tark etishlari uchun bergan buyrug’i haqidagi savoliga qarshi Aridiy,

“Xalqimizning o’z uy-joylariga qaytishlari uchun Suriyada xavfsizlikning ta’minlanishi va Suriyada tinchlikning o’rnatilishiga ijobiy hissa qo’shadigan protsedura va faoliyatlarning amalga oshirilishini talab qilamiz. Ayniqsa militsiyalar yaratgan tartibsizlik va xalqimizga qarshi qo’l urilgan jinoyatlarning bas qilinishiga qaratilgan shaxdam qadamlar tashlanishi darkor. Biz bu haqidagi har qanday faoliyatni xursandchilik bilan kutib olamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin kutilmagan tashrif bilan kecha Suriyaga kelar ekan u yerda rus harbiylarining bir bo’lagining Suriyani tark etishiga doir buyruq bergan edi.



Aloqador xabarlar