Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrga yetib bordi

Turkiyaga tashrifini yakunlab kutilmaganda Misrga jo’nab ketgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qohirada Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi bilan uchrashdi.

866473

Vladimir Putin va Abdulfattoh As-Sisi o’zaro uchrashuvdan so’ng matbuot anjumani o’tkazdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin anjumanda Suriya milliy muloqot kongressiga Rossiya va Misr hamda turli muxolif guruhlarni ham taklif qilishni rejalashtirganligini ma’lum qildi.

“Misr prezidentidan Rossiya tomonidan milliy muloqot kongressining tashkil qilinishini qo’llab quvvatlaganligi uchun minnatdormiz. Kongressga Moskva va Qohira hukumatidan hamda turli muxolif guruhlardan vakil taklif qilishni rejalashtiryabmiz”,-dedi Vladimir Putin.

Putinning ta’kidlashicha, Suriya territoriyasining katta qismi terroristlardan tozalandi.

Rossiya qurolli kuchlari ishtirokida olib borilgan operatsiyalar ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

Aloqador xabarlar