Butun dunyoda Donald Trampning Al-Quds qarori qoralanmoqda

Indoneziyada AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarori qoralandi.

866019
Butun dunyoda Donald Trampning Al-Quds qarori qoralanmoqda

Indoneziyada AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarori qoralandi.

Talabalar uyushmasi va namoyishchilar AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini qoralash maqsadida poytaxt Jakartadagi AQSh elchixonasi oldida to’plandi.

Falastin bayroqlarini ko’targan namoyishchilar AQSh va Isroil bayroqlari bilan Trampning maketini yoqib yubordi.

Namoyishchilar AQSh, Donald Tramp va Isroilga qarshi hayqirdilar.

Jakartada o’tgan hafta ham minglab kishi AQSh elchixonasi oldida namoyish o’tkazgandi.

AQShning Jakartadagi elchixonasi payshanba kuni namoyishlar tufayli Indoneziyadagi AQSh fuqarolarini ogohlikka chaqirgan edi.

Donald Trampning bu qarori Germaniyada ham qoralandi.

Falastinliklar poytaxt Berlindagi Neukolln hokimiyati binosi oldida to’planib namoyish o’tkazdi.

Berlinda politsiya tomonidan nazorat kuchaytirildi.

Namoyishchilar “Isroil portlatmoqda”, “Germaniya homiylik qilmoqda”, “Falastinga ozodlik” degan shiorlar bilan chiqish qildi.

Tunisda ham namoyishlar davom etmoqda.

Safakes ko’chasida to’plangan minglab namoyishchi AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini qoraladi.

Namoyishchilar qo’llarida Falastin va Tunis bayroqlarini ko’tardilar.

Sudandagi Hartum universiteti talabalari ham AQShning Al-Quds rejasini qoraladi.

Talabalar namoyishiga akademiklar ham hissa qo’shdilar.

BMTning Hartumdagi byurosi oldida to’plangan talabalar BMT bryurosiga “Ilk qib'lamiz Al-Quds” nomli maktub yozib qoldirdilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Al-Quds , #Donald Tramp , #Isroil , #namoyish

Aloqador xabarlar