Isroil ishg’ol ostidagi Al-Quds sharqida politsiya nazoratini kuchaytirdi

Xavfsizlik kuchlari AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilishi natijasida ro’y berishi kutilayotgan namoyishlarni bostirishga tayyor vaziyatda.

864063
Isroil ishg’ol ostidagi Al-Quds sharqida politsiya nazoratini kuchaytirdi

Isroil ishg’ol ostidagi Al-Quds sharqida politsiya kuchlarining sonini oshirdi.

Isroil xavfsizlik boshqarmasi bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ishg’ol ostidagi Al-Quds sharqi va atrofida qo’shimcha politsiya kuchlari nazoratni ta’minlamoqda.

Xavfsizlik kuchlari AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilishi natijasida ro’y berishi kutilayotgan namoyishlarni bostirishga tayyor vaziyatda.

Masjid Al-Aqsoga kirish va chiqishlar cheklanmagan.

“Al-Quds bilan eski shahar atrofida qo’shimcha politsiya kuchlari safarbar etilgan. Ular zaruriy taqdirda namoyishchilarga darhol qarshilik ko’rsatishga shay vaziyatda”,-deyiladi bayonotda.

Kecha ro’y bergan hodisalarda Isroil politsiyasining zo’ravonligi oqibatida 108 kishi yaralandi.

 Falastin qizil yarim oy jamiyati ma’lum qilishicha, Isroil askarlarining zo’ravonligi oqibatida 108 kishi yaralangan. Ular gaz bombasi va plastmassa o’qlardan jarohat olgan.

Butun dunyoda Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qaroriga e’tirozlar kuchaymoqda.

Shu maqsad bilan G’arbiy Sheriyaning turli hududlarida namoyish o’tkazilmoqda.

Ishg’ol ostidagi Al-Quds sharqining eski shahar hududida to’plangan musulmonlar AQSh prezidenti Donald Trampning qarorini qoraladi.

Namoyish paytida ro’y bergan to’polon politsiya tomonidan bostirildi.

Voqealarda 2 o’smirni qo’lga olgan Isroil politsiyasi otliq askarlar bilan olomonni tarqatdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Al-Quds , #Isroil , #Falastin , #AQSh , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar