Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Hamasning sobiq yetakchisi bilan muloqot qildi

Mahmud Abbos va Halid Meshal Al-Qudsning taqdiri va Falastindagi jarayonni muhokama qildi.

863865
Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Hamasning sobiq yetakchisi bilan muloqot qildi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Hamasning sobiq yetakchisi Halid Meshal bilan telefonda muloqot qildi.

Mahmud Abbos va Halid Meshal Al-Qudsning taqdiri va Falastindagi jarayonni muhokama qildi.

Muloqotda milliy hamjihatlikni mustahkamlash va ichki muhitda o’zaro bo’lingan guruhlarni birlashtirib, Al-Quds va Falastinning taqdiri uchun birgalikda kurash olib borish kerakligi qayd etildi.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanida BMT xavfsizlik kengashining 1980 yilda Isroilning Sharqiy Qudsni ishg’ol qilib poytaxt e’lon qilishini yaroqsiz deb hisoblagan 478-sonli qaroriga qaramay, “Al-Qudsni Isroil poytaxti deb rasman tan olish vaqti keldi”,-dedi.

 U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Al-Qudsga ko'chirishga tayyorgarlik ko'rishni boshlash vazifasini topshirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Al-Quds , #Falastin , #Mahmud Abbos , #Halid Meshal , #Hamas

Aloqador xabarlar