Trump Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olganligini e'lon qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump ig'vogar mazmundagi qarorini e'lon qildi va Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olganligini ovoza qildi.

862830
Trump Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olganligini e'lon qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump ig'vogar mazmundagi qarorini e'lon qildi va Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olganligini ovoza qildi. Trump vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan Oq uyda bergan bayonotida Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olganligini bildirdi. Trump, Isroil poytaxti Tel Avivdagi AQSh elchixonasining Quddusga ko’chirilishi uchun kerakli buyruqni berganligini ham o’z so’ziga ilova etdi. AQShga o’zidan oldin yetakchilik qilgan liderlarning bu borada va’dalar berganliklarini lekin kerakli vazifaning bajarilmaganligini tanqid qilgan Trump, Quddusning ham 3 samoviy dinining, ham da  demokratiyaning markazi ekanligini qayd etdi. Trump “Yig’lash devori”da yahudiylar, Al-Aqsa masjidida musulmonlar, cherkovlarda xristianlar ibodat qilgan bu muqaddas shaharning bugungi kunda Isroilning bir necha boshqaruv organiga ham mezbonlik qilganligini ifoda etdi. Donald Trump bu qarorning Falastin bilan Isroil o’rtasidagi muammolar doirasidagi AQSh siyosatiga "o’zgartirish kiritildi" degan manoni anglatmasligini ham iddio etdi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Trump , #Quddus

Aloqador xabarlar