Prezident Ali Abdulloh Salih Husilar tomonidan o’ldirilishining tafsilotlari aniq bo’la boshladi.

Yamanda sobiq Prezident Ali Abdulloh Salih Husilar tomonidan o’ldirilishining tafsilotlari aniq bo’la boshladi.

861496
Prezident Ali Abdulloh Salih  Husilar tomonidan o’ldirilishining tafsilotlari aniq bo’la boshladi.

Yamanda sobiq  Prezident Ali Abdulloh Salih  Husilar tomonidan o’ldirilishining tafsilotlari aniq bo’la boshladi.

Faollar, Salihning karvoni tug’ilgan shahari  bo’lgan Sanhanga yo’l olar ekan,  Husi militsiyalari tomonidan to’xtatilib, sobiq Prezidentga 30dan ortiq o’q uzib o’ldirgan.

Salih rahbari bo’lgan  Umumiy xalq kongressidan yuqori martabali bir vakil, sobiq Prezident Salih kecha Husilar tomonidan otib o’ldirilganini tasdiq qilgan.

Tong sahar Salihning uyiga bostirib kirgan Husilar, ichkaridagi barcha qurollarni  olib chiqqandan keyin, uyni portlovchi modda bilan portlagan.

Husilar, keyinchalik Salihning karvonini Sananing 40 kilometr janubida tug’ilgan joyi Sanhanga qarab yo’l olar ekan to’xtatib va Salihni  bilinmagan  bir yerga olib borib  ortidan boshidan otib  o’ldirganlarini qayd etgan.

Yamanni 1978dan 2012gacha boshqargandan so’ngra Arab isyonlari paytida qarorgohi portlatilishi natijasida to’ntarilgan va Saudiya Arabistonga borgan Sobiq Prezident Ali Abdulloh Salih, davomli ravishda  saf o’zgartirish taktikasi bilan“ ilonlarning boshlari ustida raqs qilish” deb baholagan edi.

2015- yili martida  hukmronlikni   o’z nazoratiga olgan Shia Husilar bilan 3 yil muddati bilan  ittifoq tuzgan, faqat oxirgi  paytlarda Husilarning  dushmani Saudiya Arabiston bilan kelishuvga  borgan Salih, Husilar tomonidan o’ldirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Salih , #O'ldirildi

Aloqador xabarlar