Kenyada namoyishlar natijasida 1 kishi hayotini yuqotdi

Kenyada uyushtirilgan norozichilik namoyishi natijasida 1 kishi hayotini yuqotdi.

857409
Kenyada namoyishlar natijasida 1 kishi hayotini yuqotdi

Kenyada tortishuvlarga sabab bo'lgan prezidentlik saylovi ortidan uyushtirilgan norozichilik namoyishi natijasida 1 kishi hayotini yuqotdi.

Qolaversa, o'lkada muxoliflar boykot qilganiga qaramasdan 26-Oktabr kuni o'tkazilgan prezidentlik saylovida ikkinchi marta rahbar etib saylangan Uhuru Kenyatta, qasamyod qildi.

Kenyaning ilk prezidenti Mzee Jomo Kenyattaning o'g'li 56 yoshdagi Kenyatta, konstitutsiyaga ko'ra ikkinchi va songi marta rahbarlik vazifasini ijro etadi.

Shuningdek, bundan oldingi saylov natijalarini tan olmaganini izohlagan muxolif lider Raila Oringa esa, 12- Dekabr kuni boshqa bir marosim bilan qasamyod qilishini ma'lum qildi.

Kenyada 26- Oktyabr kuni bo'lib o'tgan saylovda, Kenyatta 98 % ko'p ovoz olib qayta saylandi.

Kenya Oliy Mahkamasi muxoliflar tomonidan saylov natijalariga ko'rsatilgan e'tirozlarni rad etdi



Aloqador xabarlar