Saudiya Arabistoni va Pokiston qo’shma harbiy mashg’ulot o'tkazmoqda

Terrorizmga qarshi kurash operatsiyalari bo’yicha o’tkazilayotgan mashg’ulot ikki davlat o’rtasida amalga oshirilgan to’rtinchi mashg’ulot bo’lib hisoblanadi.

855570
Saudiya Arabistoni va Pokiston qo’shma harbiy mashg’ulot o'tkazmoqda

Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni va Pokiston maxsus kuchlari ishtirokida “Ash-Shihab 2” nomli qo’shma harbiy mashg’ulotlar boshlandi.

Terrorizmga qarshi kurash operatsiyalari bo’yicha o’tkazilayotgan mashg’ulot ikki davlat o’rtasida so’ngi ikki oy ichida amalga oshirilgan to’rtinchi mashg’ulot bo’lib hisoblanadi.

Mashg’ulotlarga Saudiya Arabistoni maxsus kuchlar qo’mondoni Muflih bin Selim Al-Uteybi va Pokiston maxsus kuchlar qo’mondoni Abdullah bin Muhammad As-Semali ham qatnashmoqda.

Eslatma: 2015 yilning yanvar oyida Pokiston va Saudiya Arabistoni maxsus desant brigadasi o’rtasida “Ash-Shihab 1” nomli qo’shma harbiy mashg’ulot o’tkazilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar