Isroil,Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga va Suriyada joylashuviga  yo’l qo’ymas.

Isroil  Bosh vaziri Binyamin Netanyahu, o’lkasi, Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga va Suriyada joylashuviga  yo’l qo’ymas  degan bayonotlarini takrorlar ekan Arab o’lkalari bilan “ parda ortida” yuritgan hamkorlik samarali ekanini ta’kidladi.

854148

Isroilning asoschisi David Ben Gurionning 44- o’lim yilligi munosabati bilan g’arbiy Quddusda uyushtirilgan bir tadbirda  so’zga chiqqan Netanyahu,

“Kim bizni nishon olsa biz unga javobini beramiz.

“ Har kim ki bizni yangidan genotsid  bilan duch kelishimizga sabab  bo’lsa, o’z hayotini xavfga soladi.” Dedi.

Netanyahu, Eronning yadroviy dasturiga va Suriyadagi mavjudiyatiga tegishli, “ juda ko’p marotaba Eronning yadroviy qurollanishiga  yo’l qo’ymasligimizni ma’lum qildik. Ayni zamonda Eron kuchlari chegaramizga yaqin yoki Suriyaning har qanday bir joyida joylashishiga  yo’l qo’ymaymiz.” Deb ta’kidladi.

Isroilning Arab o’lkalari bilan bo’lgan aloqalari borasida  to‘xtagan Netanyahu,

“ Arab o’lkalari bilan samarali hamkorligimiz umuman maxfiy yuritilmoqda. Ushbu aloqalarimizni  yana takomillashishiga va tinchlik doirasini yana ham  kengaytib o’z samarasini berishiga ishonchim komil. Bu  amalga oshadi chunki parda ortida davom etgan budir deb ma’lum qildi.

Isroil hukumati, “ Eronning Suriyada faoligini oshirish o’zlari uchun qizil chiziq “ ekanini ma’lum qildi.

Bosh vazir Netanyahu, oldindan  bergan bir bayonotida, “ Eron va vakillariga, umuman Suriyada va ayniqsa Suriyaning janubida harbiy bir mavjudiyat tashkil etishiga  imkon  berilmasligi kerak deb ta’kidladi.

Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Eron , #Yadroviy , #Quroll

Aloqador xabarlar