Qatarga sanksiya tadbiq etgan davlatlardan yangi qaror...

Islom ulamolari Xalqaro ittifoqi va jahon islom kengashi bilan bir qatorda, oliy martabali 11 shaxs Qatarga sanksiya joriy etgan davlatlar tomonidan terror ro’yxatiga olindi.

853140
Qatarga sanksiya tadbiq etgan davlatlardan yangi qaror...

Qatarga sanksiya tadbiq etgan davlatlar yangi qaror qabul qildi.

Islom ulamolari Xalqaro ittifoqi va jahon islom kengashi bilan bir qatorda, oliy martabali 11 shaxs Qatarga sanksiya joriy etgan davlatlar tomonidan terror ro’yxatiga olindi.

Ro'yxatga kiritilgan tashkilotlardan biri misrlik taniqli ulamo Yusuf Qarazoviy rahbarligidagi Islom ulamolari Xalqaro ittifoqidir.

Qatarda istiqomat qiluvchi olim "Musulmon birodarlar" uyushmasining rahnamolaridan biri hisoblanadi. 

Bu haqda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr mushtarak yozma bayonot berdi.

“Shayh Yusuf Qarazoviy boshchiligidagi Islom ulamolari Xalqaro ittifoqi va markazi Qatarda joylashgan Jahon islom kengashi bilan bir qatorda, oliy martabali 11 shaxs terror ro’yxatiga olindi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotda, terror ro’yxatiga olingan tashkilotlar islomiy ifodalar bilan insonlarni terrorizmga jalb qilganlikda va terrorchilik harakatlarini qulaylashtirganlikda ayblanmoqda.

Terror ro’yxatiga olinganlar orasida, "Musulmon birodarlar" uyushmasi sho’ro kengashi a’zosi Muhammad Jamol Hashmat, "Musulmon birodarlar" uyushmasi rahbarlik kengashi raisi Mahmud Izzat, misrlik muxoliflar Yahyo As-Sayyid Ibrohim Muhammad Muso va Kadriy Muhammad Fehmi Ash-Shayh, Musulmon qardoshlar tashkilotidan Ala Ali Muhammad As-Samahi, qatarlik Halid Nozim Diyob va bahraynlik muxolif Hasan Ali Muhammad Juma Sulton kabi ziyoli shaxslar bor.

Mazkur tashkilot va shaxslar ushbu qarorga doir biron izoh bildirmadi.

 

 



Aloqador xabarlar