Nechirvan Barzoniy yana bir bor Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati Bosh vaziri Nechirvan Barzoniy Arbilda uyushtirilgan matbuot anjumanida Turkiyaga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi.

851541
Nechirvan Barzoniy yana bir bor Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati Bosh vaziri Nechirvan Barzoniy Iroq-Eron chegarasida yuz bergan yer silkinishi ortidan bergan yordami yuzasidan Turkiyaga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi.

Bosh vazir Barzoniy Arbilda uyushtirilgan matbuot anjumanida

“Turkiya yer silkinishi yuz bergan birinchi daqiqalardayoq bizga gumanitar yordam ashyosi yubordi va Prezidentlik apparatidan bizga qo’ng’iroq qildilar. Turkiyaning bu muomalasini yuqori baholab, yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman” dedi.

Turkiyaga tashrif buyurib buyurmasligi haqidagi savolga qarshi esa,

“Agar Turkiyaga tashrif etish imkoni bo’lsa bundan g’oyat xursand bo’lar edik. Ularni ham bu yerda ko’rishni xohlardik” deya javob berdi.

Aytib o’tish joizki Iroq-Eron chegarasida shu yilning 12-noyabri kuni epitsentri Iroqning Halapcha tumani ekanligi aniqlangan 7.3 magnitudali yer silkinishi yuz bergan edi.

 



Aloqador xabarlar