Iroqda 13 ta qishloq terroristlardan qutqarildi

Iroqning Enbar viloyatining g’arbida DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyotlar doirasida 13 ta qishloq terroristlardan qutqarildi.

848765
Iroqda 13 ta qishloq terroristlardan qutqarildi

Iroqning Enbar viloyatining g’arbida DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyotlar doirasida 13 ta qishloq terroristlardan qutqarildi.

Iroq Mudofaa vazirligi qoshidagi Urush mediasi tarmog’i tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda,

“Enbarning g’arbidagi al-Jazira qutqarish amaliyotlari doirasida roppa-rosa 3 kun ichida 48 nafar DEASh terror tashkiloti a’zosi o’ldirildi. Undan tashqari 6 ta bombali vosita yo’q qilindi. O’ldirilgan terroristlardan 3 nafarining xudkushchi ekanligi aniqlandi” deyildi.  

Bayonotda amaliyotlar doirasida 13 ta qishloqning qutqarilganligi ma’lum qilinar ekan, Suriya chegarasida o’rin olgan va Iroqda DEASh terror tashkiloti qo’lidagi oxirgi shaharcha hisoblangan Ravaning ham qaytarib olingunga qadar amaliyotlarning davom etajagi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar