Harbiy to’ntarish yuz bergan Zimbabveda,Turkiyani misol qilib ko’rsatdi.

Harbiy to’ntarish yuz bergan Zimbabveda,   hukumat partiyasi  Yurt sevarlar jabhasining yoshlik tashkiloti, Turkiyadagi 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusini misol qilib ko’rsatdi.

848699
Harbiy to’ntarish yuz bergan Zimbabveda,Turkiyani misol qilib ko’rsatdi.

Harbiy to’ntarish yuz bergan Zimbabveda,   hukumat partiyasi  Yurt sevarlar jabhasining yoshlik tashkiloti, Turkiyadagi 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusini misol qilib ko’rsatdi.

“Turk  xalqi saylangan bir hukumatga aralashishga  harakat qilgan kuchlarni  bartaraf qilinganidek biz ham inqilobni mudofaa qilamiz.” deb bayonot berdi.  

Zimbabve davlat rahbari Robert Mugabe, kecha ertalab amalga oshirilgan harbiy  to’ntarish tashabbusi bilan qarib 37 hokimiyatini boy berdi.

Zimbabve qo’shini, Mugabe va  rafiqasini nazoratda  tutganini qayd etib, Mugabening atrofidagi “ jinoyatchilarni”  ham nazoratga olish uchun harakat qilganlarini ma’lum qilgan.

Qo’shin, ikki hafta muqaddam Mugabe lavozimdan chetlashtirgan vitse- Prezident Emmerson Mna ngagvani muvaqqatan  prezident etib tayinladi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida  o’rin olgan xabarga ko’ra, oliy ta’lim vaziri

Jonathan Moyo, Mahalliy boshqaruv vaziri Saviour Kasukuvere va Moliya vaziri Igntitus Chombo  hibsga olinganini ma’lum qildi.

Boshqa tomondan qo’shin,  nazoratiga olgan hukumat  partiyasi Zimbabve Afrika milliy birligi yurt sevarlar jabhasi ijtimoiy tarmog’ida o’rin olgan xabarda, harbiy tashabbus bir to’ntarish emas, o’lkada “Qonsiz tinchlik sevar o’tish” deb iddao qildi.

ANU-PFning yoshlik tashkiloti esa Turkiyadagi 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusini misol qilib ko’rsatdi. “ Turk xalqi saylangan bir hukumatga aralashishga harakat qilgan kuchlarni bartaraf qilganidek biz ham inqilobni  mudofaa qilamiz” deb bayonot berdi.

Bayonotda,  

“ Na Zimbabve  na ham hukumat partiyasi, Mugabe va uning rafiqasining mol- mulki emas”  deb ma’lum qildi.

O’lkada, qo’shinning tashabbusiga sabab bo’lgan jarayon, Mugabe ikki hafta oldin vitse- prezidenti Emmeron Mnangagvani lavozimdan chetlashtirishi bilan boshladi.

Mnangagva, lavozimdan olingandan keyin hukumat partiyasi ZANU- PF kuchini xalqdan emas, 2 kishidan olgan ba’zi tartibsiz va xudbin kishilar tomonidan boshqarilganini  iddao qilgan edi.  Bu izohotning ortidan Mugabega urush ochgan Mnangagvani qo’shin himoya qildi.

Bosh shtab rahbari Constantino Chevenga, Mnangagvaning himoyachilarni bartaraf etishining oldini olish uchun “qadam tashlashga” tayyor ekanlarini ma’lum qilib, harbiy aralashuv ishoratini  bergan edi.

Hukumat partiyasi ZAZ- PF, ushbu bayonotdan so’ngra  Bosh shtab Rahbari Constantino Chivengani “ vatanga  xiyonat bilan” ayblagan va harbiy bosimga bo’ysunmasliklarini izoh etgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Zimbabve , #Harbiy To'ntarish , #Turkiya , #Misol

Aloqador xabarlar