Suriyadagi havo hujumi ko’pchilik umriga zomin bo’ldi

Suriyaning Halab viloyatining g’arbida joylashkan Etarib tumanidagi bir bozorga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 53 kishi jon berdi.

847060
Suriyadagi havo hujumi ko’pchilik umriga zomin bo’ldi

Suriyaning Halab viloyatining g’arbida joylashkan Etarib tumanidagi bir bozorga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 53 kishi jon berdi.  

Halabdagi mahalliy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra shaharning g’arb hududlaridagi muxolifat guruh nazorati ostidagi Etaribdagi bozorga qarshi havo hujumi uyushtirilgan. Oqibatida kamida 53 kishi jon berar ekan 60 kishining tan jarohati olganligi qayd etilmoqda.

Aytib o’tish joizki Halab g’arbidagi hududlar Ostonadagi kelishuvga muvofiq kafil mamlakatlar hisoblangan Turkiya, Rossiya va Eron tomonidan tashkil etilgan “Idlibdagi xavfsizlikni kamaytirish hududlari” chegarasi ichida o’rin olgan.

Shu bilan birga Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi voizlaridan Eric Pahon,

“Hujumni kimning uyushtirganligi noma’lum. Qo’limizda bunga doir hech qanday ma’lumot yo’q. Shunday ekan Rossiya yoki rejim kuchlari deyolmaymiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Halab , #Etarib , #havo hujumi

Aloqador xabarlar