Iroq shimolida 400ga yaqin kishining jasadlari ko'milgan ommaviy mozor topildi

Ommaviy mozor Bog’dodning 240 km shimolida joylashgan Al-Huvayja shahridagi harbiy baza hududida topilgan.

845702
Iroq shimolida 400ga yaqin kishining jasadlari ko'milgan ommaviy mozor topildi

Iroq shimolida DAISh jangarilari tomondan qatl etilgan 400ga yaqin kishining jasadlaridan iborat ommaviy mozor topildi.

Ma’lum qilinishicha, mozor Kerkuk yaqinida joylashgan Al-Huvayja shahridagi harbiy baza hududida topilgan. 

Ushbu harbiy baza avval amerikaliklar tomondan ishlatilgan, so'ngra jangarilar tomondan bosib olingan.

Bog’dodning 240 km shimolida joylashgan Al-Huvayja hududi 2016 yilning oktyabr oyida Iroq qo’shini tomonidan DAIShdan qutqarilgan edi.

Oktyabr oyi mobaynida shahar yaqinida jangarilar tomondan o'ldirilgan o'nlab askarlar va politsiyachilarning jasadlari ko'milgan uchta qabr topilgan.

DAISh bu hududni 2014 yildan buyon ishg’ol qilib kelayotgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DAISh , #ommaviy mozor , #Bog'dod

Aloqador xabarlar