Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Saudiya Arabistonida...

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz poytaxt Ar-Riyoddagi saroyida Mahmud Abbos va hamrohligidagi delegatsiyani qabul qildi.

843204
Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Saudiya Arabistonida...

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Saudiya Arabistoniga ziyorat amalga oshirdi.

Bu haqda VAFA rasmiy xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, qirol Salmon bin Abdulaziz poytaxt Ar-Riyoddagi saroyida Mahmud Abbos va hamrohligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni va Falastin o’rtasidagi aloqalar, mintaqaviy masalalar hamda Falastindagi so’ngi o’zgarishlar muhokama qilindi.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos AQShning Falastin masalasi bo’yicha olib borgan tashabbuslari va Falastindagi o’zaro bo’linish jarayonini to’xtatish maqsadida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar haqida qirol Salmonga ma’lumot berdi.

Mahmud Abbos xalqaro maydonda Falastinni qo’llab quvvatlagan qirol Salmonga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvdan so’ng, qirol Salmon Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos va hamrohligidagi delegatsiya sharafiga ziyofat berdi.

 

 



Aloqador xabarlar