Yamanning Taiz shahrida qurolli kuchlar bilan Husiylar o’rtasida otishma...

Qurolli kuchlardan olingan ma’lumotga ko’ra, to’ntarilgan davlat rahbari Ali Abdullah Salih tarafdorlari bilan Husiylar Sayyor qishlog’idagi davlat ob’yektlariga hujum qilgan.

840831
Yamanning Taiz shahrida qurolli kuchlar bilan Husiylar o’rtasida otishma...

Yamanning Taiz shahrida qurolli kuchlar bilan shiya Husiylar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada 11 kishi halok bo’ldi.

Bular orasida shiya Husiylar va to’ntarilgan davlat rahbari Ali Abdullah Salih safida jang qilgan 2 ta ofitser ham bor.

Qurolli kuchlardan olingan ma’lumotga ko’ra, to’ntarilgan davlat rahbari Ali Abdullah Salih tarafdorlari bilan Husiylar Sayyor qishlog’idagi davlat ob’yektlariga hujum qilgan.

Uzoq yillardan beri notinchlik davom etib kelayotgan Yamanda hukumatni to’ntarishga uringan Husiylar va ularni qo’llab quvvatlagan Salih tarafdorlari 2014 yildan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini qo’lga olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan beri Yaman hukumatini qo’llab quvvatlamoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Taiz , #hujum , #Husiylar

Aloqador xabarlar