AFRICOM Somalida DEAShga qarshi hujum uyushtirdi

AFRICOM Somalida DEASh terror tashkilotiga qarshi hujum uyushtirdi.

840634
AFRICOM Somalida DEAShga qarshi hujum uyushtirdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Afrika bo’yicha birlashgan harbiy qo’mondonligi (AFRICOM) Somalida DEASh terror tashkilotiga qarshi hujum uyushtirdi.

Afrika bo’yicha birlashgan harbiy qo’mondonligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, AQSh kuchlari Somalining hukumati bilan muvofiqlashtirilgan holda mamlakatning shimoli-sharqida, DEASh mavzelariga qarshi ikki boshqa havo amaliyoti uyushtirganligi ifoda etildi.

Bir necha DEASh a’zosi jon bergan hujumlardan birining yarim kechasi, ikkinchisining esa Somali mahalliy vaqti bilan 11:00 chog’larida yuz berganligi qayd etildi.

Hujumlar natijasining haligacha baholash bosqichida ekanligi ham bayon etilgan ma’lumotlar orasida edi.  


Tanlangan kalimalar: #AFRICOM , #Somali , #DEASh terror tashkiloti

Aloqador xabarlar