Junqueras va 8 nafar sobiq Kataloniya vaziri qamoqxonaga yuborildi

Ispaniya Milliy sud palatasining “qochish xavfi” yuzasidan qabul qilgan qarori natijasida nazorat ostiga olingan sobiq Kataloniya avtonom boshqaruvi hukumat rahbari o’rinbosari Junqueras va 8 nafar sobiq Kataloniya vaziri qamoqxonaga yuborildi.

839983
Junqueras va 8 nafar sobiq Kataloniya vaziri qamoqxonaga yuborildi

Ispaniya Milliy sud palatasining “qochish xavfi” yuzasidan qabul qilgan qarori natijasida nazorat ostiga olingan sobiq Kataloniya avtonom boshqaruvi hukumat rahbari o’rinbosari Junqueras va 8 nafar sobiq Kataloniya vaziri qamoqxonaga yuborildi.

Milliy sud sobiq Kataloniya hukumati a’zolari ustidan, “davlatga qarshi isyon ko’tarishdan” 25 yilga, “davlatga qarshi isyon ko’tarishga undashdan” 15 yilga va “davlat mablag’larini suiiste’mol qilishdan” 8 yilgacha qamoq jazosi talap qilganligini ma’lum qildi.

Qarorning e’lon qilinishi ortidan “qochish xavfi” yuzasidan sobiq Kataloniya avtonom boshqaruvi hukumat rahbari o’rinbosari Junqueras va 8 nafar sobiq Kataloniya vaziri Milliy sud binosidan politsiya vositalari orqali olib chiqilib, besh boshqa qamoqxonaga yuborildi.

Milliy sud binosi oldida yig’ilgan 80 kishilik guruh, separatistik Kataloniya bayrog’i bilan qarorga e’tiroz bildirdi.

Ba’zi kataloniyaliklar ularning qamoqxonaga olib ketilishi chog’ida ko’z yoshi to’kdilar.

Aytib o’tish joizki hozirda Belgiyadagi bo’lgan sobiq Kataloniya avtonom boshqaruvi hukumat rahbari Carles Puigdemont va 4 nafar sobiq Kataloniya hukumati a’zosi ustidan ismi tilga olinmay, nazarda tutilgan holda qabul qilingan sud qarorida, ayblangan ba’zi kishlarning boshqa davlatlarga ketganligi, ularning a’lo darajada tashkillanganligi va separatist uyushmalar tomonidan qo’llab-quvvatlanganligi ifoda etildi.  

Milliy sud palatasi sudyasi Carmen Lamela, Bryusseldagi Puigdemont va boshqa 4 nafar sobiq vazir ustidan prokuraturaning, “Yevropa bo’ylab qamoqqa olish va ekstraditsiya qilinishi” to’g’risidagi buyrug’ini esa qabul qildi.  

Milliy sud palatasi kerakli faoliyatlarning tamomlanishi ortidan “qamoqqa olish va ekstraditsiya qilish” to’g’risidagi buyruqni Belgiya hukumatiga yetkazadi.

Bunga qarshi Kataloniyaning mustaqilligini qo’llab-quvatlaguvchi nodavlat tashkilotlar hamfikrlarini 12-noyabr kuni keng ko’lamli norozichilik namoyishi uyushtirishga undadi.  

 



Aloqador xabarlar