Nyu-Yorkda terrorchilik harakati:8 kishi halok bo'lgan

Kecha, 31 oktyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida yuk mashinasini boshqarayotgan haydovchi velosipedlar yo'lakchasida ketayotgan insonlar ustiga bostirib borgan.

838365
Nyu-Yorkda terrorchilik harakati:8 kishi halok bo'lgan

Kecha, 31 oktyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida yuk mashinasini boshqarayotgan haydovchi velosipedlar yo'lakchasida ketayotgan insonlar ustiga bostirib borgan.

Voqea joyida 8 kishi halok bo’lgan, 15 kishi jarohat olgan.

“Jahon savdo markazi yaqinlarida sodir bo’lgan voqea jarayonida haydovchi yuk mashinasidan tushgach, otishma boshlangan. Yuk mashinasi haydovchisi katta tezlikda odamlar ustiga bostirib borgan va maktab o'quvchilarini olib ketayotgan avtobusga borib urilgan”,-deb xabar beradi CNN matbuot organi.

Nyu-York hokimi ma’lum qilishicha, 6 kishi voqea joyida halok bo’lgan 2 kishi shifoxonada olamdan o’tgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya qurolli shaxsni qornidan yaralagan holda qo'lga olishga muvaffaq bo'lgan.  

Nyu-York politsiya departamenti rahbari James O’Neill ma’lum qilishicha, ​qurolli shaxs ushbu bosqinni uyushtirishda foydalangan yuk mashinasini ijaraga olgan.

FBR vakillari va Nyu-York shahar meri Bill de Blazio voqeani terrorchilik harakati deb baholamoqda.

Nyu-York hokimi Andrev Kuomo esa, bosqinchini “yolg’iz bo’ri” deb ta’riflar ekan, uning bu bosqinni sodir qilishda yakka o’zi harakat qilganini ma’lum qildi.

AQSh mediasida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, bosqinchining O’zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan, uning 2010-yilda grin karta dasturi orqali AQShga kelgan Sayfullo Soipov ekani aniqlangan.

Mashina ichidan DAISh ekstremist guruhiga ishora qilingan inglizcha yozuvlar topilgani xabar qilinmoqda. Bosqinchi yaralangan va hozirda kasalxonada.

 



Aloqador xabarlar