BTK temir yo'li tarmog'ining bugun ochilishi bo'lib o'tdi...

Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya hamkorligida qurilgan Boku-Tiflis-Kars temir yo'li tarmog'ining ochilishi amalga oshirildi.

836795
BTK temir yo'li tarmog'ining bugun ochilishi bo'lib o'tdi...

Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya hamkorligida qurilgan Boku-Tiflis-Kars (BTK) temir yo'li tarmog'ining bugun ochilishi amalga oshirildi.

Ochilish marosimi, Ozatbayjonning poytaxti Bokuning Alat bandargohida bo'lib o'tdi.

Ochilishda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, Ozarbayjon prezidentli Ihma Aliyev, Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Gruziya bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili ishtirok etdi.

Ozarbayjon Davlat Temir Yo'li tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra uzluksiz 838 kilometr bo'lgan temir yo'lining, 76 kilometri Turkiyadan, 259 kilometri Gruziyadan va 503 kilometri Ozarbayjondan o'tmoqda. Loyihaning Turkiyadagi bo'limida 4 ta stansiya, 3 ta ko'prik bilan 76 kilometrdan tashkil topgan temir yo'li qurildi. Turkiya bilan Gruziya o'rtasida chegaradan o'tishda tunel qurildi. Tunel masofasi 2375 metr.

Ushbu temir yo'li liniyasi xizmatga o'tishi bilanoq Angliyaning poytaxti Londondan Xitoyning poytaxti Pekinga uzluksiz temir yo'li qurilgan bo'ladi. Xitoydan olingan tovarlar Qozog'inston va Turkmaniston ustidan Kaspiy dengizi bilan Boku Alat portiga, bu yerdan Gruziya va Turkiya ustidan Yevropaga yetkazilishi nazarda tutilmoqda.

Ilk bosqichda yillik 1 million yo'lovchi va 6.5 million tonna yuk olib boradi. Xizmat hajmining 2034-yiligacha 3 million yo'lovchi va 17 million tonna bo'lishi rejalashtirilmoqda. Turkiya bilan Osiyo, Kafkaziya va Yevropa davlatlari o'rtasida, Boku-Tiflis-Kars temir yo'l orqali yillik 50 million tonnalik xalqaro yuk toshuv xizmati beriladi.

Xitoydan Yevropaga borgan temir yo'lining hammasi Rossiya tuproqlaridan o'tmoqda. Boku-Fiflis-Kars temir yo'li faoliyatga o'tishi bilan, bu masofa 7000 kilometr bo'ladi. Shunday qilib Xitoy bilan Yevropa o'rtasida yuk toshuv xizmatining katta bo'limi Rossiyadan ushbu liniyaga tomon siljishi bahsorat etilmoqda. Bu liniya orqali Xityodan Yevropaga temir yo'li orqali 15 kunga borib yetish imkoni bo'ladi.



Aloqador xabarlar