Afg’onistonda Tolibon jangarilari politsiya nazorat-o’tkazuv punktiga hujum qildi

Hujum oqibatida 9 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 2 nafar politsiya xodimi jarohat olgan.

836293
Afg’onistonda Tolibon jangarilari politsiya nazorat-o’tkazuv punktiga hujum qildi

Afg’onistonning G’azni viloyatida Tolibon jangarilari politsiya nazorat-o’tkazuv punktiga hujum qildi.

Hujum oqibatida 9 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 2 nafar politsiya xodimi jarohat olgan.

Bu haqda G’azni hokimiyati kotibi Muhammad Orif Nori ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hujumdan so’ng boshlangan otishmalarda 6 jangari o’ldirilgan, 9 nafari yaralangan.

Tolibon esa, hujumda 14 nafar politsiya xodimi o’ldirilganini va 2 ta politsiya nazorat-o’tkazuv punktini ishg’ol qilganini iddao qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #G’azni viloyati , #Tolibon

Aloqador xabarlar