Tillerson Iroqda, Bosh vazir Haydar al-Abadiy bilan uchrashdi

Ushbu uchrashuvda Iroqning birlik va birdamligini qo’llab-quvvatlashlarini qayd etgan Tillerson, konsitutsiya asosida va Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati bilan to’qnashuvdan uzoq tutilgan muloqat yo’lini qo’llab-quvvatlashlarini ifodaladi.

833085
Tillerson Iroqda, Bosh vazir Haydar al-Abadiy bilan uchrashdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson Iroqning birlik va birdamligini qo’llab-quvvatlashlarini yana bir bor takrorladi.

Iroq Bosh vazirlik apparatidan olingan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra poytaxt Bog’dodda bo’lgan Tillerson u yerda mamlakat Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan ushrashdi.  

Ushbu uchrashuvda Iroqning birlik va birdamligini qo’llab-quvvatlashlarini qayd etgan Tillerson, konsitutsiya asosida va Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati bilan to’qnashuvdan uzoq tutilgan muloqat yo’lini qo’llab-quvvatlashlarini ifodaladi.

Iroq Bosh vazir Haydar al-Abadiy ham eng asosiysi terrorga qarshi kurash ekanligini qayd etdi.

Kerkukdagi vaziyatning davlatning mustaqilligi va nazoratini ta’minlash deya baholagan Abadiy,

“Hech qaysi komponent bilan urushish niyatimiz yo’q. Kerkukga, kurd fuqarolarining Iroqning qadrli fuqarolari ekanligini yetkazidk” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar