Rossiya AQShni Rakka shahrini haritadan o’chirishga bel bog’laganlikda aybladi

Terror tashkiloti DAIShdan tortib olingan Rakka shaharining hozirgi ahvoli 2-Jahon urushi paytida ittifoqdoshlar tomonidan portlatilgan Germaniyaning Dresden shahriga qiyoslandi.

832337
Rossiya AQShni Rakka shahrini haritadan o’chirishga bel bog’laganlikda aybladi

Rossiya AQSh boshchiligidagi koalitsiyani Suriyaning Rakka shahrini haritadan o’chirishga bel bog’laganlikda aybladi.

Chunki, AQSh boshchiligidagi koalitsiya Rakka operatsiyasida shaharga katta ziyon yetkazdi.

Terror tashkiloti DAIShdan tortib olingan shaharning hozirgi ahvoli 2-Jahon urushi paytida ittifoqdoshlar tomonidan portlatilgan Germaniyaning Dresden shahriga qiyoslandi.

“Rakkaning taqdiri 1945 yili ingliz va AQSh qirg’in samolyotlarining hujumi oqibatida yer yuzidan o’chib ketgan Dresden shahrining taqdiriga o’xshaydi”,-deydi Rossiya mudofaa vazirligi kotibi Igor Konashenkov.

Uning aytishicha, g’arb davlatlari Rakkadagi jinoyatlarining dalillarini yo’qotish uchun shaharga shoshilinch moddiy yordam o’tkazishga kirishdi.

Xolbuki, AQSh boshchiligidagi koalitsiya jangovar operatsiyalarda tinch aholiga nisbatan barcha zarur chora-tadbirlar olinganini ma’lum qilgandi.

Lekin, BMT mutasaddilari Rakkada juda ko’plab tinch aholi nobud bo’lganini ma’lum qildi.

Suriyalik faollar shaharda taxminan 1873 kishi havo hujumlarida nobud bo’lganini ma’lum qildi.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya havo hujumlarida avvalo belgilangan nishonni aniq mo’ljalga olib, to’g’riligidan amin bo’lgach portlatganini ma’lum qilgandi.

Eslatma: O’tgan hafta terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPGning safdoshi Suriya demokratik kuchlari AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko’magida Rakkani terroristlardan tozaladi.

Yakshanba kuni esa, Suriyadagi eng katta neft hududining nazoratini qo’lga oldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #koalitsiya , #Suriya , #Rakka , #operatsiya

Aloqador xabarlar