AQSh kotibi Reks Tillerson davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistonida bo’ldi

Reks Tillerson poytaxt Riyadda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va mamlakat tashqi ishlar vaziri Adil Al-Jubayr bilan uchrashdi.

832255
AQSh kotibi Reks Tillerson davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistonida bo’ldi

AQSh kotibi Reks Tillerson davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistonida bo’ldi.

Reks Tillerson poytaxt Riyadda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va mamlakat tashqi ishlar vaziri Adil Al-Jubayr bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, AQSh kotibi Reks Tillerson bilan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil Al-Jubayr “Qirol Salmon” harbiy bazasida matbuot anjumani o’tkazdi.

Iroqda DAIShga qarshi kurash o’z nihoyasiga yetgani uchun avvalo eronlik va boshqa xorijlik jangchilar o’z mamlakatiga qaytishi kerakligini tilga olgan Reks Tillerson DAIShdan tozalangan hududlarda nazoratni ta’minlashga, qo’shni davlatlarning ko’magi bilan Iroq xalqining oyoqqa turishiga imkon yaratish kerakligini ta’kidladi.

“Agar, Iroq mustaqil o’zini tiklab olsa, Eron va boshqa tashqi kuchlarning aralashuvidan qutuladi”,-deydi Reks Tillerson.

Hozirda Iroqda DAIShga qarshi kurash jarayonida birma-bir viloyatlar jangarilar qo’lidan ozod etilganini tilga olgan Reks Tillerson: “Iroq hukumati qutqarilgan hududlarda takror o’z hukmronligini o’rnatishi arab davlatlarining qo’llab quvvatlovi bilan amalga oshadi. Iroq va Saudiya Arabistoni kordinatsiya kengashi vositasida Iroq bilan arab davlatlari o’rtasidagi hamkorlik rivojlanadi”,-dedi.

Iroq va Saudiya Arabistoni kordinatsiya kengashiga e’tibor qaratgan Tillerson: “Iroq va Saudiya Arabistoni o’rtasida kordinatsiya kengashining yo’lga qo’yilganini ijobiy baholayman. Bu nafaqat Iroqning kelajagiga, balki butun mintaqa xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Reks Tillerson , #Saudiya Arabistoni , #Iroq

Aloqador xabarlar