Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvida prezidentlik va parlament saylovlari qoldirildi

“1 noyabr kuni o’tkazilishi rejalangan saylovlar mintaqada hukm surgan vaziyat tufayli va hech kim nomzod bo’lmagani uchun vaqtinchalik qoldirildi”,-deyiladi saylov komissiyasining yozma bayonotida.

830210
Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvida prezidentlik va parlament saylovlari qoldirildi

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi oliy saylov va referendum komissiyasi mintaqada 1 noyabr kuni o’tkazilishi rejalangan prezidentlik va parlament saylovlariga doir tayyorgarliklarni to’xtatdi.

“1 noyabr kuni o’tkazilishi rejalangan saylovlar mintaqada hukm surgan vaziyat tufayli va hech kim nomzod bo’lmagani uchun vaqtinchalik qoldirildi”,-deyiladi komissiyaning yozma bayonotida.

Bunga doir tayyorgarlikning qachon boshlanishiga Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi parlamenti qaror beradi.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi raisi Mesut Barzaniy shu yilning 7 iyun kuni ba’zi siyosiy partiya vakillari bilan majlis o’tkazgan edi.

Ushbu majlisda prezidentlik va parlament saylovlarining 1 noyabrda o’tkazilishi qarorlashtirilgan edi.

 



Aloqador xabarlar