Al-Abadiy Kerkuk markazida, xavfsizlikning ta’minlanganligini qayd etdi

Haydar al-Abadiy, mamlakatdagi Kerkuk shahri markazida xavfsizlikning mahalliy politsiya xodimlari va terrorga qarshi kurash kuchlari tomonidan ta’minlanganligini, ulardan boshqa hech qaysi qurolli guruhlarga ruxsat berilmasligini qayd etdi.

830378
Al-Abadiy Kerkuk markazida, xavfsizlikning ta’minlanganligini qayd etdi

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy, mamlakatdagi Kerkuk shahri markazida xavfsizlikning mahalliy politsiya xodimlari va terrorga qarshi kurash kuchlari tomonidan ta’minlanganligini, ulardan boshqa hech qaysi qurolli guruhlarga ruxsat berilmasligini qayd etdi.

Bosh vazirlik apparati Matbuot xizmati bayonotga ko’ra al-Abadiy Kerkukda, manipulyatsiya mazmunidagi tasvirlar tarqatib, xalq orasida fitna va nafrat tuyg’ulari yaratmoqchi bo’lgan kishilarni tinch qo’ymasliklarini ifoda etgan.

Haydar al-Abadiy Kerkukda xavfsizlikning ta’minlanishi, barcha etnik va diniy unsurlarning uy-joylari va mol-mulklarining himoya qilinishining mahalliy politsiya xodimlari va terrorga qarshi kurash kuchlarining javobgarchiligida ekanligini qayd etdi.

Avvalroq Iroq hukumati, Kerkuk shahrida murosasiz va irqchilik tarqatgan kishilarning adolatga topshirilishi haqida buyruq bergan edi. 

Shu bilan birga Kerkukda Xavfsizlikni ta’minlash qo’mondonligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, “Mushtarak amaliyotlar orqali Milliy Xavfsizlik maslahatchiligi va Kerkuk Politsiyasi direktori, shahardagi kurdlar yashagan mintaqalarda patrullik qilib, fuqarolarni tinchlantirmoqda” deyildi.


Tanlangan kalimalar: #Haydar al-Abadiy , #Kerkuk , #xavfsizlik

Aloqador xabarlar