AQSh hayati viza mavzusini muhokama qilish maqsadida Anqaraga tashrif etdi

Amerika qo'shma shtatlari hayati viza mavzusini muhokama qilish maqsadida  Anqaraga tashrif etdi.

827680
AQSh hayati viza mavzusini muhokama qilish maqsadida Anqaraga tashrif etdi

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) hayati viza mavzusini muhokama qilish maqsadida Anqaraga tashrif etdi.

Turkiya bilan AQSh o'rtasi viza berish xizmatlari to'xtatilgandan keyin maydonga kelgan taranglikni bartaraf qilish uchun ikki o'lkaning diplomatik hayatlari Anqarada ilk uchrashuvni o'tkazadi.

AQSh tashqi ishlar vazirlik maslahatchisi Yevropa va Yevrosiya ishlaridan mas'ul Jonath Cohen boshchiligidagi hayat bugun Anqaraga yetib keldi.

Amerikali hayat bilan tashqi ishlar vazir mahlahatchisi Ahmet Muhtar Gun boshchiligidagi Turk hayati viza masalasini yechish uchun uchrashadi.

AQShning Istanbul bosh konsulligida ishlagan Metin Topuz, FETO bilan aloqali belgilangan va "Konstitutsiya tizimini tarqatish tashabbusi" "Josuslik" va "Turkiya Jumhuriyati hukumatini to'ntarish tashabbusi" kabi ayblar bilan 25-Sentyabr kuni qo'lga olingan edi.

Amerika bunga norozichilik ko'rsatgan edi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham Topuz bilan aloqali "2017-yili  25-Sentyabr kuni terror bilan aloqadorlik da'vo qilinib qo'lga olingan va nazoratga olingan kishi AQSh konsulligining rasmiy ro'yxatida joy olgan xodim bo'lmagani kabi, diplomatik yoki rasmiy aloqasi ham yo'q" deb bayonot berdi.

AQShning Turkiyadagi barcha AQSh diplomatik vakolatxonalarida ko'chmanchi bo'lmagan viza xizmatlarini to'xtatganini bildirgandan keyin AQSh fuqarlariga ham berilgan viza xizmatlarini to'xtatgan edi" deb bildirildi.



Aloqador xabarlar